Mojarodan so‘ng 24 mingdan ortiq qozog‘istonliklar Qirg‘izistonga ketdi

Olam

image
To‘qayev tartibsizliklar bo‘lgan viloyatning rahbarini ishdan bo‘shatdi north_east

To‘qayev tartibsizliklar bo‘lgan viloyatning rahbarini ishdan bo‘shatdi

Qozog‘istonning Jambil viloyati, Korday tumani, Masanchi qishlog‘ida 7 fevral kuni yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 24 mingdan ortiq aholi chegara nazorat o‘tish joylari orqali Qirg‘iziston hududiga o‘tdi. 

“Bugun Auxatti, Qorasu o‘tish punktlarida bo‘ldik. Chegaradan o‘tish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q. Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston tomon 24 ming kishi o‘tdi. Kechadan beri oqsoqollar, ayollar va yoshlar qaytmoqda”, deydi Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan Jambil viloyati rahbarligiga tayinlangan. Saparbayev. 

Ta’kidlanishicha, Qirg‘izistonga o‘tgan 4 mingdan ortiq qozog‘istonliklar uylariga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv boshlangan. Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qo‘lga oldi.

O‘t qo‘yish oqibatida 30 ta uy, 15 ta do‘kon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi.  Voqea joyida hukumat komissiyasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Tartibsizliklar vaqtida 47 kishi hibsga olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Korday

Baholaganlar

715

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made