Krishtianu Ronalduning sahiyligi tutib ketdi
Sport
−
30 iyun 2019
11990"Yuventus"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Gretsiyadagi mashhur Kosta-Navarino korti xodimlari uchun 20 ming yevrolik choy-chaqa puli qoldirdi. Bu haqda Corriere dello Sport.
34 yoshli forvard oilasi bilan Gretsiyadagi kurortda yetti kun dam olgan. Ronaldu ushbu kurortda bir sutka dam olish uchun 8 ming yevro to‘lagan. Dam olish yakunlangach futbolchi unga va oilasiga g‘amxo‘rlik va samimiy munosabatda bo‘lgan kurort xodimlariga 20 ming yevro miqdoridagi choy-chaqa puli qoldirgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018 yilda "Real"ni tark etib, "Yuventus" safiga borib qo‘shilgandi. U klub bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, futbolchi Portugaliya termasi bilan Yevropa millatlar ligasi finalida to‘p surdi va yakunda kubokni uyiga olib ketdi.
LiveBarchasi