Yunusobod avariyasi qurbonlari oila a’zolariga kompensatsiya to‘lash boshlandi

Jamiyat

image

2019 yilning 18 dekabr kuni Yunusobod metro yo‘li qurilishida avariya sodir bo‘lgan va oqibatda olti kishi halok bo‘lgan edi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, avariya qurbonlari oila a’zolariga  kompensatsiya to‘lash boshlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus komissiya marhumlardan biri Zarif Karimovning oila a’zolariga to‘lanadigan kompensatsiya miqdorini 281 mln 670 ming 972 so‘m etib belgilagan. Shuningdek, 8 million so‘m Zarif Karimovning dafn marosimi xarajatlarini qoplashga ajratilgan. Bundan tashqari, marhumning qaramog‘ida bo‘lgan besh nafar oila a’zosining har biriga 650 ming 608 so‘m 29 tiyin miqdoridagi oylik to‘lov belgilangan.

Ta’kidlanishicha, to‘lovlar 12 fevral kuni ish beruvchi va sug‘urta qiluvchi kompaniya "Temiryo‘lsug‘urta" tomonidan amalga oshirilgan.

Qolgan boshqa besh nafar qurbonning oilalariga ham kompensatsiya miqdori belgilangan. Ma’lum qilinishicha, to‘lovlarni ular bilan ish shartnomasini tuzgan kompaniya amalga oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod metro

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing