Venesuela AQSHga yon bermoqchimi?

Olam

image

Venesuela AQSH bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ma’lum qildi.

Arreasa AQSHning Venesuela bo‘yicha strategiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan deb hisoblayapti. Shu bilan birga u rasmiy Vashington bilan aloqalarni yaxshilashga tayyorligini bildirgan. 

“Diplomatiya vaqti keldi, biz diplomatiyaga qaytib, muzokaralar stoliga o‘tirishga va bir-birimizni hurmat qilishga tayyormiz”, degan vazir.

Arreasa Vena konvensiyasining 45-moddasiga ko‘ra, davlatlarning diplomatik aloqalari buzilgan vaqtda mamlakat o‘z elchixonasi himoyasini uchinchi davlatga ishonishi mumkinligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Karakasdagi elchixonasi xavfsizligini Shveysariyaga ishonib topshirgan, Venesuela esa o‘z elchixonasi himoyasi xavfsizligini Turkiyaga ishongan.

Eslatib o‘tamiz, Venesueladagi vaziyat joriy yilning 23 yanvarida keskin tus oldi. Muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo ommaviy norozilik namoyishlari davom etayotgan bir paytda o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qildi. Uni AQSH, Lotin Amerikasi va Yevropaning qator davlatlari tan oldi. Rossiya, Turkiya, Xitoy amaldagi Prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatladi. Aprel oyi oxirida Guaydo davlat to‘ntarishining yakuniy bosqichini o‘tkazishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikolas Maduro AQSh-Venesuela Xuan Guaydo

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing