O‘zbekiston Ummonga oziq-ovqat va tekstil mahsulotlari sotadi

Jamiyat

image

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi, O‘zbekistonning Ummon sultonligidagi elchixonasi, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hokimliklari, hududlardagi eksportyor korxonalar vakillari Ummon sultonligining nufuzli “Aytab Foodtech” kompaniyasi vakillari bilan Toshkentda uchrashdi.

Unda Ummonlik mehmon Mohib Ahmad o‘z yurtida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlarga qiziqish va talab oshib borayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari sohasida band bo‘lgan tadbirkorlarning tijorat takliflari, ular yetishtirgan va ishlab chiqargan o‘zbek mahsulotlarining sifati va narxlari unga manzur bo‘lgan. Shu bois xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlangan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol tovarlarini Ummonga import qilishda hamkorlik qilmoqchi.

Uchrashuvda tadbirkorlar eksport uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini namoyish qilgan bo‘lsa, hokimiyat vakillari yurtimizda eksportyorlarga berilayotgan imtiyozlar va investitsion muhitni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar haqida axborot berdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatidagi Oq-Oltin mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zining investitsion loyihasini Ummonlik investor va importyorlarga taqdim etdi. Ana shu jarayonda “Aytab Foodtech” kompaniyasi va Oq-Oltin korxonasi o‘rtasida kelishuvga erishildi.

Muzokaralar yakunida bir qator korxonalar Ummonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishi to‘g‘risida kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ummon

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar