Buxorodan qaytayotgan avtobus YTHga uchrab, yonib ketdi. Unda 37 nafar o‘quvchi bo‘lgan

Jamiyat

image

Bugun, 29 aprel kuni Buxorodan ziyoratdan qaytayotgan o‘quvchilar o‘tirgan avtobus YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Voqea soat 02:00 atrofida sodir bo‘lgan. O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6 kilometrida Buxoro shahridan qaytayotgan Mercedes Benz rusumidagi avtobusning baloni yorilib ketgan. Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtobus beton to‘siqqa borib urilib, ag‘darilgan. Shu zahotning o‘zida avtobus yonishni boshlagan. Yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Avtobus salonida jami 53 kishi bo‘lgan. Ularning 37 nafari Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchisi, 3 nafari o‘qituvchi, 10 nafari ota-onalar hamda 3 nafari xaydovchi bo‘lgan.

Barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, 7 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati bilan 2 nafari O‘rtachirchiq tumani shifoxonasiga 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

334

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing