Ukraina Donbassada yashovchi aholining rus pasportlarini tan olmaydi

Olam

image

Ukraina Dombassada istiqomat qiladiganlarning rus pasportlarini endi tan olmaydi.  Bu haqida mamlakat bosh vaziri Vlarimir Groysman ma’lum qildi.

 “Ukraina davlati hududida fuqarolarga beriladigan barcha pasportlar xalqaro standardlarga zid bo‘lmasligi va qonunlarimizga to‘g‘ri kelishi kerak”, deydi bosh vazir.

Bosh vazirning bildirishicha, bu pasportlar mamlakat hududidagi barcha jarayonlarda tan olinmaydi.

Ma’lumot uchun, joriy yilnineg 24 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z mustaqilliklarini e’lon qilgan Lugansk va  Donetsk xalq respublikalari fuqarolarini Rossiya fuqaroligini qabul qilishlari mumkinligi haqidagi qonunni imzolagan edi.  Davlat rahbari shu bilan birga,  barcha ukrainaliklar uchun Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qilgan  edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing