O‘zbekistonda non narxi ikki baravar oshishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qolipli (buxanka) non narxi 1500 so‘mgacha ko‘tariladi. Bunga Hukumat tomonidan bug‘doy va un narxini liberallashtirilishi sabab bo‘ladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Endilikda davlat fermerlardan va donni qayta ishlash korxonalaridan don va un sotib olish narxini sun’iy ravishda ushlab turish siyosatidan voz kechadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yaqinda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi fermerlarning g‘allasiga past narx belgilanishi, uning arzon bahoda sotilishi fermerlar va don korxonalariga iqtisodiy zarar keltirayotgani, bu o‘z navbatida hosildorlikni oshirishga bo‘lgan rahbatni tushirib yuborgani yuzasidan Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga murojaat yo‘llagandi.

Parlament Qonunchilik murojaatni o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzgandi. Yakunda narxni erkinlashtirish uchun takliflar ishlab chiqilishi kutilgandi.

Murojaat buyicha deputatlar tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda mahalliy un aholiga kat’iy o‘rnatilgan davlat narxlarida yetib bormayotganligi, aholi unni bozor narxlarida sotib olayotganligini aytishgan.

Fermerlarning asosiy da’vosi xozirgi amaliyotda don tayyorlov korxonalari fermerlardan olgan g‘allasiga nafaqat o‘z vaqtida, balki kezi kelsa to‘liqligicha hisob-kitob qilolmayotganligidan iborat. Buning natijasida fermerlar ziyonga kirib ishlab, zarur texnika va kombaynlarni sotib ololmayotgani, texnika yetishmaslikdan hosilni kech, ushoqli donlar yarim to‘kilib ketgandan keyin o‘rib olayotganligi ma’lum bo‘ldi. 

Fermerlarning chiqishidan ma’lum bo‘ldiki, qanchalik ular donning narxi oshib ketmasligi iddao kilmasinlar, lekin bu mahsulotning narxi oshishi, pirovardida bu esa un maxsulotlari, shu jumladan nonning narxi oshishini inkor etmadilar. Ba’zi mutaxassislarning gapiga ko‘ra “buxankaning” narxi 1500 so‘mgacha, boshqa taxminlarga ko‘ra, 2000-2500 so‘mgacha ko‘tarilib ketishi mumkin.

O‘zbekistonda non narxi oxirgi marta 2018 yil sentyabr oyida 1100 so‘mga ko‘tarilgandi. Bundan oldin u ko‘p yillar davomida qolipli non narxi 600-650 so‘mni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

fermer un buxanka

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing