Joriy yil Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi uchun 150 ta saylov okrugi tuziladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, oldinroq, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi tasdiqlangani haqida ma’lum qilgan edik.

Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi. 

Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan. 

Endilikda O‘zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka o‘z nomzodlarini umumiy saylovlarga qo‘ygan holda Qonunchilik palatasidan o‘rin egallashi mumkin.

Endilikda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi.

Unga ko‘ra saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida saylovchilarning ro‘yxati to‘g‘risidagi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kodeksda uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning jihozlanishiga oid talablar o‘z aksini topdi.

Xususan, saylov komissiyalari joylashgan binolarda saylov uchastkasining xaritasi, zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internetga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari) bo‘lishi kerak.

Saylovlar soat 08.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi. Ilgari soat 06:00 dan soat 20:00 gacha o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saylov kodeksi

Baholaganlar

14

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing