Sirdaryoning ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Sirdaryo viloyatining Oqoltin hamda Guliston tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun, 22 iyul kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Oqoltin tuman hokimi lavozimiga shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida ishlab kelayotgan Komiljon Yuldoshaliyevich Ernazarov nomzodi tasdiqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Komiljon Ernazarov 1984 yil Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini viloyat moliya boshqarmasida yetakchi iqtisodchi sifatida boshlagan. Turli yillar davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, sobiq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, deputatlar tomonidan O‘lmasjon Yormuhammadovich Mamadaminov nomzodi Guliston tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

O‘lmasjon Mamadaminov 1976 yilda Oqoltin tumanida tug‘ilgan bo‘lib, mazkur tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Guliston tuman Oqoltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made