Zelenskiy Bosh vazirni tanladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bosh vazir lavozimiga o‘z ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Aleksey Goncharuk nomzodini ko‘rsatdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” nashri xabar berdi.

Hozirda amaldor Zelenskiyning iqtisodiy masalalar bo‘yicha amaliy tashriflari va yig‘ilishlarida unga hamrohlik qilyapti. Prezident administratsiyasiga uni ofis rahbari Andrey Bogdan olib kelgan.

Goncharukning mutaxassisligi yurist. 2015 yildan beri u mustaqil ekspert-tahliliy markazni boshqaradi. Tashkilot Yevropa Ittifoqi tomonidan tuzilgan va moliyalashtirib boriladi. Markazning maqsadi Ukrainada biznes yuritish va investitsion jozibadorligini oshirish.

Avval Goncharuk Arseniy Yasenyuk hukumatida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Stepan Kubivning maslahatchisi va Ekologiya vaziri Igor Shevchenkoning shtatdan tashqari maslahatchisi bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing