Nurmuhamedov navbatdagi jang oldidan va’da berdi

Sport

image

Bugun, 6 iyul kuni Rossiyalik aralash kurash jangchisi (MMA) Habib Nurmuhamedov matbuot anjumani vaqtida amerikalik sportchi Dastin Pore bilan o‘tadigan jang haqida gapirdi.

“O‘tgan jangda nima qilganim yodingizdami? Unvonni himoya qildim. Abu-Dabida ham huddi shunday qilaman. Biroq bu safar oktagondan sakrashsiz bo‘ladi. Raqibimga kelsak, Pore juda yaxshi jangchi. Uning bokschilik ko‘nikmalari yaxshi rivojlangan va harakati ham tez”, degan rossiyalik sportchi.

Nurmuhamedov mutlaq janglar chempionati (UFC) chempioni hisoblanadi. O‘tgan yilning oktyabr oyida Habib irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangda g‘alaba qozondi. Jangdan keyin mushtlaushuv boshlandi. Nurmuhamedov oktagondan sakrab chiqib, Makgregor jamoasidagilar bilan janjallasha ketgandi. Natijada Nurmuhamedov 9 oyga, Makgregor 6 oyga diskvalifikatsiya qilingandi.

Nurmuhamedov va Porening jangi 7 sentyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. 30 yoshli Habib professional karerasidagi 27 jangning barida g‘alaba qozongan. Pore 25 marta g‘alaba qozonib, 5 marta mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Dastin Por'e

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing