Belgiyaliklar izolyatsiya choralari sabab hukumatni sudga berdi

Olam

image

Belgiya davlatining 40 ga yaqin fuqarosi hukumat va ichki ishlar vaziri Piter de Kreyga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Belgiyaliklar arizasini sud ko‘rib chiqishni boshladi.

Ularning fikricha, federal hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralar shaxsiy erkinliklarni cheklaydi va inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasini buzadi. Bu cheklovlarni qo‘llaganlar esa inson huquqlarini buzuvchi sifatida jazolanishi kerak.

Da’vogarlarning advokati Maykl Verstratenning ta’kidlashicha, Belgiya rasmiylari Xitoyda ko‘rilgan choralarni shunchaki nusxalashgan. U ushbu choralar Belgiya sharoitida to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.

“Bunday choralar qo‘llanilishi mumkin emas. Ular inson huquqlariga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazish kerak edi”, deydi advokat.

O‘z navbatida, Belgiya Ichki ishlar vazirligi da’vo arizasi bilan tanishmaganligini, ammo ularning hukumat ustidan sudga murojaat qilish huquqini tan olishini ma’lum qildi.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Bel'giya Karantin

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing