Shveysariyada do‘kon va restoranlarni ochishga ruxsat berildi

Olam

image

Kecha, 11 maydan boshlab Shveysariya hukumati mamlakatdagi do‘konlar, restoranlar va muzeylarning ochilishiga ruxsat berdi. Bu haqda Yevropa OAV xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kutubxonalar ochilmoqda. Rasmiylar mamlakatda koronavirus bo‘yicha cheklov choralarini yengillashtirishga qaror qildi. Faqat ovqatlanish va madaniy muassasalarga tashrif buyuruvchilar COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha barcha tavsiyalarga amal qilishlari kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maktablar ham tez orada ishlashni davom ettiradi. Biroq Shveysariya hukumatining ogohlantirishicha, koronavirus aholiga avvalgidek jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Davlatda 30 mingdan ortiq infeksiya holati aniqlangan. 1,8 mingdan ortiq bemor koronavirus tufayli vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Shveytsariyada

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing