Mastlik qotillikka olib keldi
Jamiyat
−
10 avgust 2019
7001Poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ikki kishi o‘rtasidagi janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joriy yilning 8 avgust kuni Chilonzor tumanining 19-dahasida yashovchi 25 yoshli G.Z. Xirmontepa mahallasida o‘zaro janjal tufayli mast holda, Chilonzor tumani 19-dahada yashagan 40 yoshli V.S.ni yuziga qo‘llari bilan urib jarohatlagan.
Natijada V.S. shifoxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay kecha, 9 avgust kuni vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.Z. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023