Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Qaror bilan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali tashkil etildi.

Filialning asosiy vazifasi hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yukori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish hisoblanadi.

Qaror bilan 2019-2021 yillarda Filialni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida sholichilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar jahon andozalari asosida o‘tkaziladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori sholi

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made