Shohruh Rahimov lavozimidan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori Shohruh Hamidovich Rahimov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rahimov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining kecha, 14 martdagi qaroriga asosan ishdan bo‘shatilgan.

Ma’lumot uchun, Shohruh Rahimov mazkur lavozimga 2022 yil fevral oyida tayinlangan edi. Avvalroq, u  vazirlikning Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasining qarori Shohruh Rahimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made