Butun jahon talabalari Universiadasida ikkinchi medal qo‘lga kiritildi

Sport

image

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada o‘yinlarining ikkinchi kun bellashuvlari o‘z poyoniga yetdi. E’tiborlisi, ushbu kun doirasida bahslarga kirishgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yana bir medalni delegatsiya hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

73 kilogrammgacha vazn toifasida kurashgan o‘zbek dzyudochisi Hikmatilloh To‘rayev Universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz dastlab Latviya, keyin KXDR, Italiya vakillarini mag‘lub etib, yarim finalda rossiyalik Yevgeniy Prokopchukka imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa chernogoriyalik Marko Gusichni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi kun bellashuvlarida boshqa bir o‘zbekistonlik Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) ham shohsupaga ko‘tarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Universiada

Baholaganlar

18

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing