Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Jamiyat

image

2017 yilda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yangi masjid qurilish ishlari boshlangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ushbu yangi masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan bo‘lgan edi. 

Ayni vaqtda masjid qurilish ishlari oxiriga yetay deb qolgan. Kecha, 23 aprel kuni Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametov masjidda olib borilayotgan so‘nggi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan. 

Hokim “Xontopi” va “Yakkabog‘” mahalla xududlari chegarisidagi tashlandiq holatga tushib qolgan qabriston obodonlashtirilib yangi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome’ masjidining qurilish jarayonini kuzatib, maydonning har bir qarichini ko‘zdan kechirib, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriq bergan. 

Loyihaga ko‘ra, masjid hududi namozxona, ayollar namozxonasi, tahorat xonalari, minora, 3 ta kirish peshtoqi, “So‘galli Ota” maqbarasi, anjumanlar saroyi, tashqi va ichki favvoralar, masjid sahni, avtoulovlar uchun to‘xtash joyi kiritilgan. Uning umumiy yer maydoni – 21180 kv metr. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 9 fevral kuni ushbu masjidga tashrif buyurib, qurilish ishlarini ko‘zdan kechirgan edi. 

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida tan olingan olim edi. Hayotini muqaddas dinimiz arkonlarini o‘rganishga va targ‘ib etishga, xalqimiz, yoshlarimizni diniy ma’rifat ruhida tarbiyalashga bag‘ishladi”, degan Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing