O‘zbek bokschisi afsonaviy Golovkinga qiyoslandi

Sport

image

Mashhur qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkinning promouteri Tom Leffler o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

“8 июнь kungi shouda Isroil Madrimov ham ishtirok etadi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan. Uning rekordi 2-0, ikkita nokaut bilan. U Lomachenkoning yo‘lidan ketmoqda, chunki u ham prof ringda 10 raundlik jang bilan debyut qilgan edi”, dedi Leffler. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshqa bir mashhur promouter Eddi Xirn Isroilga “Monstr” laqabini bergandi.

Ma’lumot uchun, Isroil 2019 yilning 8 июнь kuni meksikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Nyu-Йорк shahridagi mashhur “Medison Skver-Garden”da o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Boks

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing