Kattaqo‘rg‘onda uka o‘z akasini urib o‘ldirdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida joriy yilning 17 iyul kuni aka-uka o‘rtasida kelib chiqqan janjal tufayli uka o‘z akasining qotiliga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kech soat 23:30larda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 33 yoshli U.T. Navbahor mahallasi hududida joylashgan “Marjona” oshxonasida akasi 47 yoshli O.T. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

Shundan so‘ng ular uylariga ketayotgan vaqtlarida o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli U.T., akasi O.T.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada O.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. U.T. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat IIV Qotillik

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing