Nazarboyev: Koronavirus pandemiyasi raqobatchi davlatlarni yaqinlashtiryapti

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi davlatlararo munosabatlar formatini o‘zgartiryapti va raqobatchi davlatlarni bir-biriga yaqinlashtiryapti, deya fikr bildirdi Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev.

“Kechagina davlatlar o‘zaro to‘siqlar barpo qilib, sanksiyalar “urushi”ga kirishgandi, endi bo‘lsa bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zyapti. Bu global darajada jiddiy o‘zgarishlar boshlanganidan darak beradi”, degan Nazarboyev OAVda e’lon qilingan maqolasida.

Nazarboyev dunyo tarixida o‘n va yuz yillab davom etgan urush, mojarolar yuz berganini eslatib o‘tgan.

“Millionlab odamlarni hayotdan olib ketgan epidemiyalar oz bo‘lmagan. Insoniyat barchasini yengib o‘tgan. Hozirgi mashaqqatlarni ham ortda qoldiramiz. Dunyo derjavalari hozirgi murakkab vaziyatdan dars olishi kerak”, degan sobiq Prezident.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 700 nafardan oshdi. Ulardan 6 nafari vafot etgan, 51 nafari davolangan.

Dunyo bo‘yicha 1 430 141 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning 82 133 nafari vafot etdi, 301 130 nafari sog‘ayib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev koronavirus

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made