Boks bo‘yicha Olimpiada-2020 saralash turnirlari sanasi va manzili tasdiqlandi

Sport

image

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) boks bo‘yicha Olimpiada-2020 uchun jahon va qit’alar bo‘yicha o‘tkaziladigan kvalifikatsion turnirlarning manzili va sanasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Osiyo va Okeaniya uchun kvalifikatsion saralash turniri 2020 yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tadi. Afrika qit’asi uchun xuddi shunday saralash musobaqasi 20-29 fevral kunlari Senegalning Dakar shahrida tashkil etiladi. 

Yevropa saralash turniriga 13-23 mart kunlari Angliyaning London shahri mezbonlik qilsa, Amerika qit’asi bokschilari uchun turnir 26 martdan 3 aprelga qadar Buenos-Ayres (Argentina) shahrida o‘tkaziladi.

Shuningdek, 13-24 may kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida qit’aviy saralash musobaqalaridan o‘ta olmagan bokschilar uchun qo‘shimcha jahon kvalifikatsion turnir tashkil etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

boks Olimpiada

Baholaganlar

28

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing