Orzular ushaladimi? Tramp Zelenskiyga yordam qilishga va’da berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH rahbari Donald Tramp Qrimning "qaytishi" ga yordam berishni va’da qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Ukraina Prezidenti Trampga yarim orolning go‘zalligi haqida gapirib berganini qo‘shimcha qildi. Bir kun oldin davlat rahbarlari BMT Bosh assambleyasi doirasida suhbatlashdi. Amerika rahbari uchrashuvni "fantastik" deb atadi, ammo tafsilotlar haqida gapirmadi. 

Tramp shuningdek, Zelenskiyga Rossiya bilan munosabatlarda "taraqqiyotni davom ettirishni" maslahat bergan.

O‘z navbatida, Ukraina rahbari AQSH saylovlariga aralashishni xohlamasligini ta’kidlab, hamkasbini Kiyevga tashrif buyurishga taklif qildi.

BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasining yuqori darajadagi haftasi 24-30 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Qrim yarimoroli 2014 yil Ukrainadagi mojarolar ortidan referendum orqali Rossiya tarkibiga kirgan. Dunyo hamjamiyati Qrimni Ukraina hududi deb biladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made