Ichki ishlar vazirligi “divannыy kritik"larga keskin javob qaytardi

Jamiyat

image
Ozoda Nursaidova “otarchi” ham odammi deganlarga javob qaytardi north_east

Ozoda Nursaidova “otarchi” ham odammi deganlarga javob qaytardi

O‘zbekistonda karantin rejimi e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan turli xil salbiy fikrlar bildira boshlandi. Ichki ishlar organlari xodimlarining zo‘ravonligi, ko‘chada duch kelgan odamning ushlashlari, noma’lum avtobusda noma’lum joyga olib ketishlari, velosipedlarni olib qo‘yishlari, fuqarolarga qo‘pol munosabatda bo‘lishlari, 15 sutkaga qamashlari va shunga o‘xshash ko‘plab shikoyat ma’nosidagi fikrlar paydo bo‘la boshladi.

Bugun, 13 aprel kuni AOKA shtabida o‘tgan brifingda ishtirok etgan shtabida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov mazkur masalaga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

“Divannыy kritik"lar, ya’ni uyda o‘tirib olib tanqid qiladiganlarga murojaat qilmoqchimiz!

Huquqbuzarlar hamma yerda bor. Bu muammo faqat bizda emas, butun dunyoda kuzatiladi. Ya’ni, odamlar tushunishni istamay, tartibga rioya qilmay ko‘chaga chiqishadi, tabiiyki, ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.

O‘z-o‘zidan tartibbuzarlarga ichki ishlar xodimlarining qat’iy choralari yoqmaydi. Biroq ayrim qoidabuzarlarning fikrlari yoki ommaviy chiqishlari ichki ishlar organlarining umumiy ishiga ta’sir o‘tkazmaydi.

Biz doim davlat talablarini xalq nomidan amalga oshiramiz.

Kimnidir majburlash hech kimga yoqmaydi, lekin davlat 34 mln aholi salomatligini muhofaza qilish uchun bu choralarni ko‘rishga majbur.

Agar siz tartibga rioya qila olmasangiz yoki istamasangiz, ishontirib aytamanki, biz sizni tartibga rioya etishga majbur qilamiz.

Fursatdan foydalanib, bu qiyin kunlarda ichki ishlar organlari xodimlari harakatlarini xolis baholayotgan fuqarolarga, jumladan, bizni qo‘llab-quvvatlayotgan va asosiysi, aholiga to‘g‘ri, ishonchli axborot yetkazayotgan bloger va jurnalistlarga minnatdorlik bildiraman. Bu biz uchun ayni vaqtda haqiqatan juda zarur”, dedi Shohrux G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, koronavirusga chalinganlar 896 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 66 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made