“Milliy tiklanish” muxolifat partiyaga aylanishi mumkin

Jamiyat

image

Kecha, 5 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga o‘tkazilgan takroriy ovoz berish natijalari bugun, 6 yanvar kuni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov deputatlikka saylanganiga qaramay, takroriy ovoz berish natijalaridan qoniqmaganini aytib chiqdi. 

“Ikkinchi tur natijalari O‘zMTDP uchun mutlaqo qoniqarsiz! Bu muvaffaqiyatsizlikning sabablarini, albatta, batafsil tahlil qilamiz va tegishli xulosalar chiqariladi.

Umumiy natija bo‘yicha Parlamentdagi o‘rnimizni saqlab qoldik. Bu dasturimizda belgilangan vazifalarni tashabbus qilish uchun yetarli, lekin amalga oshirish uchun kam!”

U so‘zida davom etarkan, mavjud parlament bilan kelishuvga erishsa, ittifoq sifatida faoliyat davom ettirishini, yo‘qsa muxolifatga aylanishini ma’lum qildi. Jumladan u shunday deydi:

“Kelisha olsak ittifoq, aksincha, muxolifat”.

Eslatib o‘tamiz, takroriy saylov natijalariga ko‘ra, Qonunchilik palatasidagi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi - 53 nafar (35 foiz);
  • “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi - 36 nafar (24 foiz);
  • “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi - 24 nafar (16 foiz);
  • Xalq demokratik partiyasi - 22 nafar (15 foiz);
  • Ekologik partiya - 15 nafar (10 foiz).

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, Bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ega bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing