Yengilmas sportchiga MOQ maxsus tabrik yo‘lladi

Sport

image

Xabaringiz bor, Fijining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. 

-67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish mashqida 141 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 173 kg, jami 314 kg natija qayd etdi. E’tiborlisi, uning bu ko‘rsatkichini hech qaysi raqibi takrorlay olmadi va u Jahon chempionatining 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan MOQ sportchini bu muvfaqqiyat bilan qutlab, maxsus tabriknoma yo‘lladi.

“O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Sizni ajoyib g‘alaba – og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni sharafli unvonini muvaffaqiyatli himoya qila olganingiz bilan samimiy va qizg‘in qutlaydi. Siz ketma-ket ikkinchi bor jahon birinchiligida o‘z vazningiz bo‘yicha dunyoda tengi yo‘q eng kuchli polvon ekanligingizni yorqin va ishonarli namoyish etdingiz. Shu bilan birga 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun qimmatli reyting ochkolariga ega bo‘ldingiz. 

Fijida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi bu ulkan g‘alabangiz Prezidentimiz Shavkat Mirziyov alohida ta’kidlaganidek, yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga, mamlakatni dunyoga tanitishga, barcha yurtdoshlarimizga g‘urur va iftixor bag‘ishlashiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Fursatdan foydalanib, Siz kabi polvon yigitlarni tarbiyalayotgan ota-onangizga, ustozlaringizga va albatta O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga minnatdorchilik izhor etamiz”, deyiladi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tabriknomasida.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing