Adliya vazirligi tizimida uch yangi tayinlov amalga oshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning tegishli buyrug‘i bilan vazirlikning uch xodimi yangi lavozimga tayinlandi. 

Xususan, Nodir Xudayberdiyevich Jumanyozov vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Nodir Jumanyozov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Akbar Akmalovich Saydaxmedov vazirlikning Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

U shu kunga qadar vazirlikning Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov  Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Nozimbek Rustambekov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing