Surxondaryo va Farg‘onada PPX boshliqlari o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qaytor tayinlovlar amalga oshirildi. Quyidagilar hududlarda rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik Shuhrat Jovliyevich Sattorov Surxondaryo viloyati IIB, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Shuhrat Sattorov Surxondaryo viloyati IIB, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ilhom Vaxobovich Soipov Surxondaryo viloyati IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ilhom Soipov Surxondaryo viloyati IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l-patrul xizmati otryadi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Ilhom Abdumutalifovich Ergashev Farg‘ona viloyati IIB, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ilhom Ergashev Farg‘ona viloyati IIB, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing