Rahim Sterling: “Gvardiolani angladik va biz uddaladik”

Sport

image

“Manchester Siti” hujumchisi Rahim Sterling Angliya kubogidagi “Uotforda”ga (6:0) qarshi bahsdan so‘ng jamoasining o‘yini haqida fikr bildirib o‘tdi. 

“Jamoamiz ajoyib natija ko‘rsatdi. Mening gollarim g‘alabaga munosib hissa qo‘sha oldi. Bu juda ajoyib bo‘ldi. Natija esa qanday menejer ishlayotganini ko‘rsatib berdi. Gvardiolaning aytishicha, biz uning talablarini to‘g‘ri anglab yetdik va biz buni uddaladik. Jahon chempionatidan so‘ng bu mavsum juda og‘ir keldi. Biroq  biz bu yo‘lni mardanovor bosib o‘tdik” degan Rahim Sterling Sky Sportsga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Rahim Sterling “Manchester Siti” bilan fantastik mavsum o‘tkazib, Angliya liga kubogi, Angliya chempionligi va Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 

Futbolchi APLda 34 o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 17 bor ishg‘ol qilib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing