Mazali va to‘yimli kartoshka

Foydali

image

Ayni kunlarda bozor rastalarida yangi kartoshkalar chiqgan va undan turli xil mazali taomlarni tayyorlash mumkin. Qizig‘i shundaki, kartoshkadan ovqat tayyorlash uchun oshpazlik malakasi talab etilmaydi. Istagan odam uni qovurib, dimlab yoki qaynatib taom tayyorlashi mumkin. 

Kartoshkadan dastlab Janubiy Amerika hindulari yegulik sifatida foydalangan. Uni madaniylashtirish taxminan o‘n ming yillar oldin Peru hududida boshlangan. Kartoshka haqidagi ma’lumotlar Yevropaga XVI asrdagina yetib kelgan, XVIII asrdan pazandachilikda keng qo‘llanila boshlagan. Hozirda kartoshka yer yuzining barcha hududlarida yetishtiriladi. Uning 4000 ga yaqin turi bor. Rossiya, Belorussiya, Irlandiya va Xitoy – kartoshka eng ko‘p iste’mol qilinadigan mamlakatlardir. 

Kartoshka uglevodlar (kraxmal, sellyuloza), oqsil, S, V1, V2, V3, V6, fosfor, kaliy, magniy, kalsiy, rux moddalariga boy. Oqsilning deyarli barchasi po‘st ostidagi yupqa qatlamda to‘planadi. Kartoshka tarkibida kraxmal ko‘pligi uchun sekin hazm bo‘ladi, shuning uchun uzoq vaqtgacha qorinni to‘q tutadi.

Kartoshkani turiga qarab mos usulda pishiriladi. Masalan, tarkibida kraxmal miqdori ko‘p (20–22 %) bo‘lgan kartoshkalarni dimlab yoki qovurib pishirgan ma’qul. Sariq kartoshka (16–18 % kraxmal) ni esa uzoqroq pishirish talab etiladi, undan asosan sho‘rva uchun foydalaniladi. Kartoshka tarkibidagi foydali moddalarni saqlab qolish uchun ozroq suvda qaynatish kerak.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing