Siyosatchi Rossiyaning navbatdagi Prezidenti kim bo‘lishini aytdi

Olam

image

"Rasmiylar hokimiyat tranzitiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, buning ustida maxsus guruhlar ishlamoqda, ular allaqachon 40 xil variantni belgilab olishgan", dedi rossiyalik siyosiy tahlilchi Valeriy Solovey. Bu haqda Moskovskiy komsomolets xabar bermoqda. 

Siyosatchiga ko‘ra, bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda, ammo Rossiya Federatsiyasini boshqargan shaxs eng munosib voris bo‘lishi mumkin.

Uning ta’kidlashicha, asosiy variant  2008-2012 yillarda Prezident bo‘lgan amaldagi Bosh vazir Dmitriy Medvedevning elitalar tomonidan ilgari suriladi. Ushbu sxemaga ko‘ra amaldagi Davlat rahbari Vladimir Putin Davlat Kengashini boshqarishi mumkin. Bu parametr turli doiralar tomonidan eng maqbul deb qaraladi.

"Medvedev Prezident etib saylanishi mumkinligiga ishonamiz", dedi Solovey. "Ammo, uning saylanishi keng ko‘lamli soxtalashtirishlar va ma’muriy bosimlar bilan birga bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi. Qanday bo‘lmasin, yangi texnologiyalar mintaqaviy saylovlarda "ishlatiladigan" bo‘ladi".

Shuningdek, siyosatchi ikkita davlat korporatsiyasi "Gazprom" va "Transneft" rahbarlarining almashishini bashorat qilgan.

Ma’lumot uchun, MGIMOdan nafaqaga chiqqan professor Solovey Rossiyadagi eng mashhur siyosashunoslardan biri.

U turli xil ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otadigan hokimiyatdagi o‘zgarishlar va tayinlanishlar haqida "insayderlarni" e’lon qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Solovey Medvedov

Baholaganlar

874

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing