MTV: Poraxo‘rlikda ayblangan Uchtepa MTB mudiri prokuraturaga shikoyat qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar, Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Nargiza Xonto‘rayeva anonim shaxs tomonidan korrupsiyada ayblangan. Shuningdek, uning bu ishlariga vazirlik, xususan vazir Agreppina Shin tomonidan ko‘z yumib kelinayotganligi haqida bir necha marta anonim post qo‘yildi. 

Maktabgacha ta’lim vazirligi garchi anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi qonunda ko‘zda tutilgan bo‘lsada, bu holatni chuqur o‘rganib chiqdi va natijalarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlik kadrlar boshqarmasi hamda ichki audit xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) mudiralari bilan yakkama–yakka suhbatlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida anonim murojaatchi tomonidan keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

MTVda vazir boshchiligida hamda ushbu tuman MTT mudiralari ishtrokida o‘tkazilgan yig‘ilishda, tuman maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari keltirilgan ma’lumotlar tuhmat ekanligini yakdillik bilan tasdiqladi.

O‘z o‘rnida sha’ni, qadr–qimmatini quruq tuhmat, haqoratlardan himoya qilish, ushbu ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotgan shaxsni aniqlash va uni qonuniy jazoga tortish maqsadida Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Nargiza Xonto‘rayeva tuman prokuraturasi hamda IIBga ariza bilan murojaat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Uchtepa

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing