Qozog‘istonda 6 o‘zbekistonlik ishtirokidagi YTH tafsiloti

Jamiyat

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida ikki nafar politsiya xodimi va bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimi 16-17 iyul kunlari 1 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan va 4 nafari jarohatlangan YTH tafsilotlarini o‘rganish uchun Jambil viloyati Mo‘yinqum tumani va Qorag‘anda viloyati Priozersk shahriga bordi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Marhum o‘zbekistonlikning jasadi yaqinlari hamrohligida O‘zbekistonga jo‘natilgan. Jarohatlanganlar esa Priozersk shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Qozog‘iston migratsiya xizmatining mazkur hududdagi vakillari bergan ma’lumotga ko‘ra jami 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy mehnat bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olingan, ulardan 6 nafari xizmat avtomashinasida YTHga uchragan.

YTH fakti bo‘yicha politsiya xodimi – xizmat avtomashinasi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Bosh konsulxona jarohatlangan o‘zbekistonliklar O.N. va S.S.ni O‘zbekistonga jo‘natish masalalari bilan shug‘ullanmoqda va vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jambil viloyati

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing