Koronavirus yuqtirganlar 1 500 000 dan oshdi

Olam

image

Bugun, 9 aprel kuni dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1,5 mlndan oshib, 1 506 936 ketdi. Virus qurbonlari 90 057 nafarni tashkil etyapti, 340 630 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 

Virus taqralishi bo‘yicha AQSH mutlaq yetakchilik qilyapti. Mamlakatda 432 596 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 14 831 nafari vafot etgan va 24790 nafari davolangan. AQSHda ikki kundan beri qurbonlar soni antirekord o‘rnatyapti.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ispaniya ketyapti. Mamlakatda 152 446 kishida koronavirus aniqlangan. Shundan 52 165 kishi davolangan, 15 238 kishi halok bo‘lgan.

Yevropada koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Italiyada 139 422 kishida koronavirus aniqlangan. Qurbonlar 17 669 nafarga yetdi. 28 470 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Germaniya COVID-19 infeksiyasining tarqalish ko‘lami bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda boryapti. Mamlakatda 114 257 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 2349 nafari vafot etgan va 46 300 nafari davolangan.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha dastlabki beshtalikni Fransiya yakunlab bergan. Bugungacha Faransiyada 83 080 kishi koronavirus yuqtirgan. Ularning 10 887 nafari vafot etgan va 21 461 nafari davolangan.

Koronavirus tarqalishi bo‘yicha keyingi beshtalikdan Xitoy (82 883), Eron (66 220), Buyuk Britaniya (61 516), Turkiya (38 226) va Belgiya (24 983) joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 38 nafari davolandi va 3 nafari vafot этди.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing