Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tib bormoqda. Kecha, 20 oktyabr kuni o‘tkazilgan bellashuvlar O‘zbekiston terma jamosi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Olga Zabelinskaya eng yuqori natija qayd etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Kumush medal mezbon jamoa vakiliga nasib etgan bo‘lsa, gongkonglik B.Leung bronza medali bilan taqdirlandi.

Velotrek. Osiyo chempionati. Janubiy Koreya
Ayollar, ochkolar bo‘yicha guruh poygasi

1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston) – 32 ochko
2. A.Na (Janubiy Koreya) – 28
3. B.Leung (Gongkong) – 26


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati velotrek

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing