Epidemiya sabab yangi qonun tasdiqlanishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Favqulodda holat joriy etilganligi holatlarda jinoyat ishlari to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “Epidemiya tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilganligi holatlarda jinoyat ishlarini to‘xtatish mexanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida qayd etilgan.

Loyihaga muvofiq, Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagicha qo‘shimchalar kiritilmoqda:

Ushbu kodeksning 366-1-moddasida nazarda tutilgan hollarda shaxsni qamoqda saqlab turish ehtiyot chorasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmasa, qamoqda saqlash muddatining hisoblanishi barqaror vaziyat tiklangunga qadar surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroriga asosan to‘xtatiladi, ammo saqlash muddati qamoqda saqlashning umumiy muddatidan ortiq bo‘lmasligi shart. Ushbu kodeksning 227-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, mazkur muddat sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.

Tegishli hududda epidemiya tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilganligi munosabati bilan vaqtincha tergov harakatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan hollarda to‘xtatiladi.

Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab to‘xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yo‘qligida, shuningdek epidemiya tarqalishi, shuningdek boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli favqulotda holat joriy etilganligi munosabati bilan vaqtincha tergov harakatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan hollarda protsess ishtirokchilarisiz bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.

Epidemiya tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilganligi munosabati bilan vaqtincha tergov harakatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan hollarda dastlabki tergovni to‘xtatish - ommaviy tartibda yoki muayyan hududda epidemiyaning tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilgan vaqtda protsess ishtirokchilari bilan tergov harakatlari olib borishning imkoni bo‘lmagan sharoitlarda, ish bo‘yicha dastlabki tergov barqaror vaziyat tiklangunga qadar to‘xtatiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sharoitlar bo‘yicha barqaror vaziyatning tiklanganligi mezoni qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236–254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Epidemiya tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilganligi munosabati bilan vaqtincha tergov harakatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmaganligi munosabati bilan dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi protsess ishtirokchilari yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.

Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, ayblanuvchi sog‘aygunga qadar, shu bilan birga, epidemiya tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilganligi munosabati bilan vaqtincha tergov harakatlarini amalga oshirishning imkoni bo‘lmaganligi munosabati bilan sudya ishni yuritishni to‘xtatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Sudlanuvchi yashiringan bo‘lsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni to‘xtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi.

Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan e’lon qilinadi.

Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda hamda epidemiya tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilganligi munosabati bilan vaqtincha sud muhokamasi o‘tkazilishining imkoni bo‘lmaganligi munosabati bilan ishni yuritish butunlay to‘xtatiladi

Sudlanuvchining og‘ir kasal bo‘lganligi tufayli hamda epidemiya tarqalishi yoki boshqa bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli, shu jumladan favqulotda holat joriy etilganligi munosabati bilan vaqtincha sud muhokamasi o‘tkazilishining imkoni bo‘lmaganligi munosabati bilan ishni ko‘rish to‘xtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasini muhokama qilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing