Prezidentning yo‘lini to‘smoqchi bo‘lgan ayollarga qanday jazo tayinlandi?

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 20 may kuni Toshkentda bir guruh ayollar Prezident Shavkat Mirziyoyevning korteji harakatlanadigan ko‘chaga chiqib, unga murojaat qilishga uringani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Gulbahor Tashmatova, Malika Xaitova, Muhabbat Akbarova,  Gulbahor Karimbekova va Xursanoy Ergashevaga nisbatan qanday chora ko‘rilganini ochiqladi. 

Unda shunday deyiladi:

Ish hujjatlaridagi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish va ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati bo‘yicha ma’muriy ishning X.Ergashevaga oid qismi uning xasta ekanligi munosabati bilan alohida ish yurituviga ajratilganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman ma’muriy sudi tomonidan 2019 yil 21 mayda ko‘rib chiqilgan.

Sud majlisida so‘ralgan G.Tashmatova, M.Xaitova, M.Akbarova va G.Karimbekova o‘zlarining huquqbuzarlik harakatini inkor etib, sudda holat yuzasidan ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlar.

Garchand shikoyatchi ayollar o‘zlariga oid ma’muriy ish yuzasidan sud majlisida ko‘rsatuv berishdan bosh tortgan bo‘lsalar-da, sud ish hujjatlarini atroflicha o‘rganib, ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berib, mazkur huquqbuzarliklarni sodir qilganliklari quyidagi asoslarga ko‘ra, ya’ni milliy gvardiya xodimlarining bildirgilari, guvohlarning tushuntirish xatlari, sud majlisi jarayonida aniqlangan holatlar va ish hujjatlarida mavjud bo‘lgan boshqa dalillar bilan to‘liq tasdiqlangan.

Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, G.Tashmatova va M.Xaitova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 34-moddasiga asosan uzil-kesil 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan;

M.Akbarova va G.Karimbekova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, ularga 34-moddasiga asosan uzil-kesil 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ushbu fuqarolardan kassatsiya tartibida shikoyati kelib tushmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing