Bugun “Manchester City” mavsumdagi uchinchi sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin

Sport

image

Xabaringiz bor, o‘tgan haftada APLning bu galgi mavsumi o‘z yakuniga yetgan edi.

Ammo APLning ikki klubi bugun ham maydonga tushishadi. Unda futbol ishqibozlari Angliya kubogining bu yilgi g‘olibi nomini bilib olishadi. 

Qatorasiga ikkinchi marta Premer ligada chempionlikni qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” Angliya kubogi finalida “Uotford”ga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsni Kevin Friyend boshchiligidagi hakamlar guruhi nazorat qilib borishadi. Shuningdek, bugun hakamlarga VAR tizimi ham yordamlashadi. 

E’tiborlisi, Pep Gvardiola shogirdlari bugun Angliya kubogini qo‘lga kiritsa bu sovrin ular uchun joriy mavsumdagi uchinchi titulga aylanadi. “Shaharliklar” hozirgacha APL chempionligidan tashqari, Angliya liga kubogini ham qo‘lga kiritgan.

O‘shanda “Manchester Siti” Londonning “Chelsi” klubini penaltilar evaziga mag‘lub etishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Uotford

Baholaganlar

21

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing