“Mustaqillik” maydonidagi favvoraning olib tashlanishi rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahr “Mustaqillik” maydonidagi favvoraning olib tashlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Poytaxt hokimiyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda bu yerda to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
 
“Mazkur favvoraning qurilganiga 50 yil bo‘lgan. Hozirda uning ayrim joylarida darz ketgan. Agar vaqtida ta’mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor.
 
Qolaversa, favvora u vaqtga nisbatdan 8 barobar ko‘p elektroenergiya iste’mol qiladi. Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi”, deyiladi hokimiyat bayonotida.
 
Hokimlik Matbuot xizmati shu yil oxiriga qadar favvora ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushirilishini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mustaqillik maydoni favvora

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing