Kulgiga sabab bo‘lgan Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinadi

Jamiyat

image

Denov tumani hokimligi tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan Amir Temur haykali ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi. Haykalning qo‘lidagi uch halqadan iborat bo‘lgan hassa turli memlar yasalishiga sabab bo‘ldi. Bu holat yuzasidan Denov tumani hokimligi Axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Denov tumani hokimligi tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan Amir Temur haykali xususida 2020 yilning 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan materiallarni batafsil o‘rganib chiqilgani aytilgan. Shu munosabat bilan hokimlik quyidagilarni ma’lum qilgan:

“Haykal Denov shahar hokimligining 1996 yil 25 apreldagi farmoyishiga asosan bunyod etilgan. Haykalda ulug‘ sarkardaning uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassani qo‘lida tutgan siymosi aks etgan.

Uch halqa Temur va Temuriylar saltanati bayrog‘i, tamg‘asi va tangalarida tasvirlanganligi tarixiy manbalarda keltirib o‘tilgan.

Qo‘lida uch halqadan iborat belgi biriktirilgan hassa tutgan Amir Temur haykali bobokalonimizning shon-shuhrati, uch iqlimni birlashtirgan yengilmas mashhuri zamon bo‘lganligi ramzidir.

Prezident qaroriga muvofiq Denov tumani yangi, zamonaviy qiyofaga kiradi. Dastur asosida tuman markazidagi xiyobonda o‘rnatilgan Amir Temur haykali qayta rekonstruksiya qilinadi“, deyiladi bayonotda.

Ijtimoiy tarmoqlarda uch halqa tasvirlangan bu hassa quyidagi memlar yasalishiga sabab bo‘lishga ulgurdi:

Foto: Nurqul Minbari

Foto: Rustam Mamadaminov

Foto: Rizayev

Foto: Nurqul Minbari


Maqola muallifi

Teglar

Amir Temur haykali

Baholaganlar

492

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar