Ozarbayjonliklarga uydan chiqayotganda SMS yuborish belgilab qo‘yildi

Olam

image

Ozarbayjon rasmiylari joriy yilning 5 aprelidan 20 apreligacha bo‘lgan muddatda koronavirus pandemiyasi tufayli aholining ko‘chada harakatlanish qoidalarini kuchaytirmoqda. Endi har bir ko‘chaga chiqayotgan odam SMS xabar bilan Vazirlar Mahkamasini ogohlantirishi kerak.

"Fuqarolar uydan chiqish uchun 8103 qisqa raqamiga SMS xabar  yuborishlari kerak", deyiladi Vazirlar Mahkamasi xabarida.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar o‘zlarining xonadonlarini quyidagi sabablarga ko‘ra tark etishlari mumkin: shoshilinch tibbiy ehtiyoj va har qanday jadvalga muvofiq davolanish, oziq-ovqat hamda dori-darmon sotib olish, bank va pochta xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, yaqin qarindoshning dafn marosimiga borish uchun.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjonda koronavirus bilan bog‘liq 400 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 5 nafari vafot etgan, 26 nafari esa sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Koronavirus Karantin

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing