“Qamchiq”da 5 ta mashina YTHga uchradi

Jamiyat

image

Bugun, 25 dekabr kuni “Qamchiq” dovonida 3 mashina yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

25 dekabr kuni soat 12:40 da “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 kmda yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar tushgan. Xabarda “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Cobalt, Spark hamda Lacetti rusumli avtomashinalar haydovchilari boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandakka tushib ketgani aytilgan.

Mazkur hodisada xech kim tan jarohat olmagan. Voqea joyiga 11-nazorat guruhi qutqaruvchisi xizmatchi D.Sultonov va “Qamchiq” navbatchilik maskanidan kichik serjant Y.Mahmetov boshchiligida 5 nafar qutqaruvchilar KamAZ rusumli maxsus avtomashinada hamda “Sherobod” YPX xodimlari, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK maxsus texnikalari va xodimlari yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalarining haydovchi va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilib, avtomashinalar xandakdan chiqarilgan. Shundan so‘ng, avtoevakuator yordamida “Sherobod” YPX maskanining jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida, soat 13:00 da yana bir YTH to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushgan. Unga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 kmda “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelgan Nexia rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib kelayotgan “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK ga qarashli MAN rusumli KDM (tuz-qum sepadigan mashina) yuk avtomashinasining ortidan kelib urgan.

Buning natijasida, Nexia avtomashinasida 3 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jarhatini olishgan. Jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing