Qo‘shnilarning yonma-yon turgan mashinalari yonib ketdi

Jamiyat

image

Qarshi shahar “Sho‘rtan” MFYda joylashgan ko‘p qavatli 5-uyning oldida turgan 2 ta yengil avtomobil – Nexia va Matiz yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Yengil avtomobillarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Ko‘rsatilgan manzilga 2 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 03:36 da yetib borgan va yong‘in soat 03:38 da qurshab olinib, soat 03:53 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida 5-uyda yashovchi fuqaro A.X.ga tegishli Nexia va Matiz rusumli  avtomobillar zararlangan. Yong‘in holati yuzasidan tergov organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing