Jizzaxda karantin buzilishi oqibatida mudhish voqea sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha,12 aprel kuni Jizzax viloyatida mudhish yo‘l transporti hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea shu kuni soat 20:30 larda Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, “Sanoatchilar MFY” hududidan o‘tuvchi 4R35 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1985 yilda tug‘ilgan R.A. ishonchnomasiz, harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz Lacetti mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda 1970 yilda tug‘ilgan U.J.ni urib yuboradi.

Og‘ir tan jarohati olgan piyoda Do‘stlik tumani shifoxonasi “jonlantirish” bo‘limiga olib kelinadi. Ko‘rsatilgan tibbiyo yordamga qaramay,  U.J. shifoxonada jon beradi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

796

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing