Tinchlik nafasi. Afg‘on xalqi kutgan kun

Olam

image

Millionlab afg‘onlar mamlakatidagi eng uzoq davom etgan urush bugun, 29 fevral kuni yakunlanishiga umid qilmoqda. Chunki ayni sanada AQSH va "Tolibon" bilan muzokaralar davomida AQSH qo‘shinlarini qisqartirish va doimiy tinchlik to‘g‘risida shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Bitimdan bir necha soat oldin "Tolibon" Afg‘onistondagi barcha jangarilariga "millat o‘z baxtiga erishishi uchun har qanday hujumlardan saqlanishni" buyurgan.

"Eng asosiysi, AQSH muzokaralar va tinchlik bitimi paytida bergan va’dalariga sodiq qolishiga umid qilamiz", dedi "Tolibon" vakili Zabihulloh Mujohid.

Mujohid xorijiy harbiy samolyotlarning "Tolibon" "hududi" bo‘ylab uchib o‘tishini "provokatsion" deya ta’kidladi, ammo jangarilar hujum qilmaslik haqidagi buyruqqa bo‘ysunishdi.

Shuningdek, "Bugun Afg‘oniston uchun muhim kun", deb yozdi Kobuldagi AQSH elchixonasi Twitter'dagi o‘z sahifasida.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made