“O‘zbekiston temir yo‘llari” poliklinikasi ginekologi poraxo‘rlikda ayblandi

Jamiyat

image

Toshkentda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Markaziy poliklinikasi shifokori pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joriy yilning 1 iyul kuni soat 22:23 da yuz bergan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Markaziy poliklinikasi ginekologiya bo‘limi mudiri 56 yoshli Gulnora U. jarrohlik amaliyoti uchun Nihola A.dan 400 AQSH dollar ta’ma qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-qismi bo‘yicha (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) jinoyat ishi ochilgan.

Mazkur modda bilan ayblanuvchi eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya O'zbekiston temir yo'llari

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing