Batareykalarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish boshlandi

Jamiyat

image

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyati 2020 yil 31 yanvardan boshlab "Toza hudud" va "Maxsustrans" DUKning barcha hududiy bo‘linmalariga batareykalarni yig‘ish uchun standart shakldagi maxsus konteynerlarni, birinchi navbatda, chiqindilarni yig‘ish punktlarida o‘rnatishni boshlash topshirgan edi.

Xuddi ana shunday birinchi yangi konteynerlar Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida o‘rnatildi. Ularni aniqlash juda oson – ular shakli va ko‘rinishidar batareykalarga o‘xshaydi.

“Dastlabki bosqichda bozorlarda va boshqa gavjum joylarda 100 ta konteyner o‘rnatildi. Bu hududlarning sanitariya holatini yaxshilash va aholining ekologik madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning bir qismidir”, dedi Farg‘ona viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasi mutaxassisi Mirzaolim Nurmatov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda "Maxsustrans" DUKning 530 ta va xususiy sanitariya kompaniyalarining 171 ta konteyneri paydo bo‘ldi. Ularni o‘rnatish ishlari davom etmoqda va konteynerlar mavjud barcha chiqindilarni yig‘ish punktlarini qamrab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing