Andijonda portlash! Jarohatlanganlar bor
Jamiyat
−
04 dekabr 2019
16870Andijonda ko‘p qavatli uylardan birida portlash kuzatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Voqea bugun, 4 dekabr kuni soat taxminan 14:00larda Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgan, yong‘indan uyning 4 ta xonadoni zarar ko‘rgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyda 8 nafar fuqarolar shifoxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yo‘q.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.
LiveBarchasi