Navoiydagi “Makro” supermarketida yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Navoiy shahridagi “Makro” savdo majmuasida yong‘in yuz berdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, bugun, 17 mart kuni soat 14:15 Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahri Islom Karimov ko‘chasidagi Makro savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. Yuzaga kelgan hodisa oqibatida majmuaning tashqi va bufet qismi 150 kv metr maydoni yongan.

Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga boshqarmaning 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib bogan. Yong‘in-qutqaruv guruhining olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 14:35da to‘liq bartaraf etilgan.  Shuningdek, 2130 kv metr maydoni alangadan saqlab qolingan. Yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar qayd etilmagan.

Holatning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing